02 sen 18:28
Yangiliklar

O'zbekistonlik MMAchi Abdulmanap Nurmagomedov xotirasiga bag'ishlangan turnirda jang qiladi + POSTER
FIGHT NIGHTS GLOBAL va GORILLA FIGHTING CHAMPIONSHIP homiyligi asosida tashkil etiladigan mazkur turnirda ko'zga ko'ringan yakka kurash ustalari g'oliblik uchun oktagonga tushishadi.
Ushbu kechaning markaziy jangida Dauren Ermekov - Vladimir Mineev bilan o'rta vazn toifasida FNG chempionlik kamari uchun jang olib boradi.
SHuningdek bu jang kechasida hamyurtimiz Mirnoshox Jafarov -77 kg vazn toifasida rossiyalik Gela Beridzega qarshi bahs olib boradi. Buxorolik sportchi, "Amir Temur" klubi azosi Mironshox qo'l jangi bo'yicha bir necha bor O'zbekiston chempioni va xalqaro turnirlar g'olibi bo'lgan. R-1 professional yo'nalishi bo'yicha ko'p karra g'olib. Uning MMAdagi rekordi 3:0 ni tashkil etadi.
Mazkur jang oqshomi 9 sentyabr kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan 20:00)da boshlanadi.
Janglarni Match TV, Xabar, DAZN, Fight Network, KazTelecom kanallari orqali jonli translyaciya qilish rejalashtirilgan.
Fikrlar