24 mar 22:11
Yangiliklar
Qilichbozlik
O'zbekistonlik qilichboz Tokio Olimpiadasi licenziyasini qo'lga kiritdi
Tokioda o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlarida ishtirok etuvchi sportchilarimiz soni yana bittaga ko'paydi.
Unga ko'ra, qilichbozlikning shpaga yo'nalishida O'zbekiston terma jamoasi azosi Malika Hakimova reyting yakuniga ko'ra to'g'ridan-to'g'ri Olimpiada licenziyasiga ega chiqdi. Jahon reytingida to'plangan ochkolar evaziga navoiylik sportchi kunchiqar yurtda o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlarida qatnashishi mumkin bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Toshkent shahri aprel oyida qilichbozlik bo'yicha Osiyo/Okeaniya licenzion turniriga ham mezbonlik qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar