03 noy 16:06
Yangiliklar
Tennis
O'zbekistonlik, qozog'istonlik va isroillik tennischilar kelishilgan o'yinlarda qatnashgani sababli jazolandi, biri umrbod chetlatildi
Butunjahon tennisdagi adolatni taminlovchi agentlik Qozog'iston, O'zbekiston va Isroil tennischilarini kelishilgan o'yinlar sababli diskvalifikaciya qildi.
2014-2019 yillar davomida kelishilgan matchlar bo'yicha 21 ta ayblov qo'yilgan qozog'istonlik Timur Xabibullin 60 ming dollar jarimaga tortildi va bir umrga tennisdan chetlatildi.
O'zbekistonlik tennischi Sanjar Fayzievga 5 ta ayblov qo'yilgan. U 15 ming dollar jarima to'laydi va 3,5 yilga diskvalifikaciya bo'ladi.
Isroillik Igor Smilanskiy esa 4 ming dollar jarimaga tortilgan va 2 yilga diskvalifikaciya qilindi. Unga 3 ta ayblov qo'yilgan.
Belgilangan jazo tennischilarning chetlatilgan sanasi - 25 iyul kunidan kuchga kirgan. Diskvalifikaciya vaqtida ularga tennis o'ynash, mashg'ulot o'tkazish va tennis tadbirlariga borish taqiqlanadi.
Havola :
Manba : ITIA
Fikrlar