12 fev 01:14
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/322491_220.jpg)
O'zbekistonlik sportchi 4 kun qolganda UFCda jang qilishga rozilik berdi
15 fevral kuni Las-Vegasda UFC Vegas 102 turniri o'tkaziladi.
Hamyurtimiz, Nursulton Ro'ziboevning ukasi Mashrabjon Ro'ziboev 4 kun qolganda ushbu turnirda jang qilishga rozilik berdi.
Mazkur turnir doirasida Kaue Fernandes va Jared Gordon o'zaro jang qilishi lozim edi. Ammo Fernandes jarohat oldi va jangda qatnasha olmaydigan bo'ldi. Mashrabjon Ro'ziboev esa Gordon bilan jang taklifiga rozilik berdi.
SHu tariqa, yakshanba tongida kichik Ro'ziboev UFC'da debyut jangini o'tkazadigan bo'ldi.
Havola :
Fikrlar