So’nggi yangiliklar

17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0

03 mar 20:29
Yangiliklar

Qishki sport turlari

O'zbekistonlik sportchilar Butunjahon universiadasi o'yinlarida ishtirok etmoqda

Joriy yilning 2-12 mart kunlari Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida Butunjahon qishki universiada o'yinlari o'tkazilmoqda. Ushbu nufuzli sport anjumanida O'zbekiston sport delegaciyasi ham ishtirok etmoqda.

Musobaqada yurtimiz sharafini Ali To'xtaev va Ivan Merkushin murabbiyligida Komiljon To'xtaev (tog' chang'isi), Damir Buxarbaev (tog' chang'isi), Aldiyor Gaipov (tog' chang'isi), Ekaterina Lyabina (snoubord) hamda Jasur Mahmudov (snoubord) himoya qilmoqda.

Ayni paytda sportchilarimiz musobaqa o'tkazilayotgan inshootlarda bo'lajak bahslarga jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Talabalar Olimpiadasi, deya tariflanadigan Butunjahon universiada sport o'yinlari yoki soddaroq qilib aytganda Universiada mana 50 yildirki, ahamiyati jihatidan jahon sport arenasida ikkinchi xalqaro kompleks tadbir hisoblanadi.

Universiada – Xalqaro talabalar sporti federaciyasi (FISU) shafeligida talabalar o'rtasida, Olimpiya cikldan farqli ravishda har ikki yilda bir marotaba o'tkaziladigan xalqaro musobaqa hisoblanadi. Bahslarda 17 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan talabalar va musobaqa o'tkazilayotgan yilda diplom olgan bitiruvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Bu galgi Universiadada qatnashayotgan davlatlar soni rekord darajani qayd etib, 58 ta mamlakatidan 3000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. Talaba-sportchilar biatlon, tog' chang'isi, kerling, chang'i poygalari, snoubord, konkida figurali uchish, fristayl, xokkey, to'pli xokkey, chang'ida mo'ljalni olish va short-trek kabi 11 ta sport turi bo'yicha 76 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib borishmoqda.

Malumot uchun: Krasnoyarsk shahrida o'tkazilayotgan Butunjahon qishki universiada o'yinlari qishki sport turlari rivojlangan Norvegiya, SHveciya, Finlyandiya, Kanada hamda qishki sport turlari keng ommalashmagan Afg'oniston, Birlashgan Arab Amirliklari, Liviya davlatlari vakillari ishtirok etmoqda.

Eng ko'p sportchi bilan Rossiya (293 nafar), SHveycariya (99 nafar) va Xitoy jamoalari (79 nafar) ishtirok etayotgan bo'lsa, Islandiya va Meksika jamoalarida bir nafardan, Lixtenshteyndan ikki nafar sportchi qatnashmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing