So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

20 iyu 18:52
Yangiliklar

Gimnastika

O'zbekistonlik sportchilarning oltin medali qaytarib berildi

Teglar :  Badiiy gimnastika
Tailandning Pattayya shahrida badiiy gimnastika bo'yicha Osiyo chempionati start oldi.

Musobaqalar boshlanishidan avval Osiyo gimnastika ittifoqining navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi. Unda tashkilotning gimnastikani rivojlantirish borasida ortda qolgan vaqtda qilingan ishlari sarhisob qilinib, oldinda turgan qator vazifalar ko'rib chiqildi.

SHuningdek, yig'ilish davomida 2017 yilgi qita birinchiligining jamoaviy bahslardagi oltin medallari hamyurtlarimizga topshirildi. Gap shundaki, o'shanda Qozog'iston terma jamoasi g'alaba qozongan, qizlarimiz esa ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan edilar. Biroq Qozog'iston terma jamoasi gimnastlarining qon tahlilidan olingan doping namunalari ijobiy natija ko'rsatgach, qozog'istonlik sportchilarning ko'plab turnirlar qatori ushbu musobaqadagi natijalari ham bekor qilindi. SHu tariqa Anastasiya Serdyukova, Sabina Tashkenbaeva, Nurinisso Usmonova va Anora Davlatovaga tegishli bo'lgan oltin medallar O'zbekiston gimnastika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Ruslan Mustaevga topshirildi.

SHuningdek, musobaqada to'pda mashq qilish bo'yicha to'rtinchi o'rinda qolib ketgan hamyurtimiz Anastasiya Serdyukova ham qozog'istonlik raqibasi chetlatilishi hisobiga bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Bu yilgi qita birinchiligida terma jamoamiz sharafini himoya qiluvchi jamoamiz tarkibi quyidagicha:

Yakkalik: Sabina Tashkenbaeva, Nurinisso Usmonova va Ekaterina Fetisova.

Guruh bahslari: Nilufar SHomurodova, Dinara Ravshanbekova, Sofiyabonu Kasimova, Kamola Ernazarova, Kseniya Aleksandrova va Sevara Safoeva.

Takidlash joiz, kattalar o'rtasidagi musobaqa bilan parallel o'smirlar o'rtasida ham qita birinchiligi o'tkaziladi. O'smirlar terma jamoasi tarkibi:

Yakkalik: Yosmina Rahimova, Taxmina Ikromova
Guruh bahslari: Nilufar Azamova, Kamila Abdullaeva, Viktoriya Kim, Madina Ernazarova va Mumtozabonu Ishaqzoda.

Bugun start olgan Osiyo chempionati 23 iyungacha davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing