So’nggi yangiliklar

01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:20Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси тугашига иккита тур қолди. Бугун кимлар рақиб бўлади? 0

18 apr 19:58
Yangiliklar

Taekvondo

O'zbekistonlik taekvondochilar avvalgi Olimpiadalarda qanday ishtirok etishgan?

Har bir mamlakat o'z milliy sport turini Olimpiya o'yinlaridan joy olishini istaydi va bu yo'lda tinimsiz izlanadi.

Taekvondo bo'yicha 1988 Seul va 1992 yili Barselona mezbonlik qilgan to'rt yillikning nufuzli musobaqasida ko'rgazmali chiqishlar qilingan. SHundan so'ng 2000 yili Sidneyda o'tkazilgan Olimpiadada ilk marotaba bu tur bo'yicha ham medallar jamlanmasi o'z egallariga topshirilgan.

Odatda Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan sport turlarida erkaklar bilan bir qatorda ayollar ham musobaqalarda ishtirok etishlari belgilab qo'yilgan. SHunday qilib taekvondo bo'yicha dasturga ko'ra erkaklar 58, 68, 80 va +80 vazn toifalarida, ayollar esa 49, 57, 67 va +67 vazn toifalarida yani 8 ta medallar jamlanmasi uchun g'oliblik uchun bahslarga kirishadi.

Yurtimiz taekvondochilari 2004-Afina, 2008-Pekin, 2012-London, 2016-Rio-de-Janeyroda o'tgan olimpiada o'yinlarida ishtirok etgan.

AFINA-2004
O'zbekiston taekvondochilari ilk bor 2004 yil Afinada o'tgan Olimpiadada ishtirok etishgan. O'sha yil -57kg vazn toifasida Irina Kaydashova chorak finalda, +67kg vazn toifasida Nataliya Mikryukova esa nimchorak finalda mag'lub bo'lgan edi.

PEKIN-2008
Xitoyda o'tgan Olimpiya o'yinlarida uch nafar taekvondochimiz qatnashishgan. +67 kg vazn toifasida Evgeniya Karimova nimchorak finalda to'xtagan bo'lsa, -68kg vazn toifasida hamyurtimiz Dmitriy Kim chorak finalga qadar etib borgan. +80kg vazn toifasida o'zbekistonlik Akmal Ergashev bronza medali uchun bahsda nigeriyalik raqibiga alamli tarzda mag'lub bo'lgandi.

LONDON-2012
Buyuk Britaniyadagi musobaqada ham uch nafar taekvondochimiz yurtimiz sharafini himoya qilgan. -68kg vazn toifasida Dmitriy Kim va +80kg vazn toifasida Akmal Ergashev nimchorak finalda to'xtashgan. +67kg vazn toifasida Nataliya Mamatova bronza medaliga jang qilish huquqini qo'lga kiritish uchun o'tish bahsida koreyalik sportchiga yutqazib qo'ygandi.

RIO-DE-JANEYRO-2016
Braziliyadagi Olimpiadaga ham O'zbekiston taekvondo terma jamoasi uch sportchi bilan borgan. -80kg vazn toifasida Nikita Rafalovich nimchorak finalda, -67kg vazn toifasida Nigora Tursunqulova esa chorak finalda to'xtashgan. +80kg vazn toifasida Dmitriy SHokin yarim finalga qadar etib borib mag'lub bo'lgan. Bronza medali uchun jangda koreyalik taekvondochiga alamli tarzda imkoniyatni boy berib qo'ygan.

Medallar jamlanmasi bo'yicha 2000-2016 yillar davomida ushbu sport turi vatani hisoblanmish Janubiy Koreya terma jamoasi 12 ta oltin, 2 ta kumush va 5 bronza medallarini qo'lga kiritgan holda jadvalning birinchi pog'onasini band etgan. Ikkinchi pog'onada 7 oltin, 1 ta kumush va 2 bronza medallariga ega chiqqan Xitoy jamoasi, kuchli uchlikni esa 2 ta oltin,2 ta kumush va 5 ta bronza medaliga munosib ko'rilgan AQSHlik taekvondochilar egallab turishibdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing