So’nggi yangiliklar

20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0

04 iyu 12:58
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekistonlik taniqli bloger - Migrantlardan chiqqan yulduzlar haqida

O'zbekistonlik bloger Nurbek Alimov o'zining Telegram'dagi sahifasida Nursulton Ro'ziboevning kechagi jangiga munosabat bildirdi.

"Kuni kecha MMA bo'yicha dunyoning eng nufuzli turnirlaridan biri UFC'da debyut qilgan hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev, anderdog bo'lishiga qaramasdan, favorit hisoblangan raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratib, g'alaba qozondi. O'sha raqibi bugungi kungacha biror marta mag'lubiyatga uchramagan va "Xalk" laqabini olgan, juda kuchli jangchi edi.



Jang payti Setanta sharhlovchilarining Nursulton haqidagi gaplari etiborimni tortdi. Bu yigit 2012 yilda Rossiyaga ishlagani ketgan ekan... UFC`dagi yana bir vakilimiz Mahmud Muradov ham bir paytlar Rossiyaga gasterbayter bo'lib borgan edi...

Surishtirilsa, sport, sanat va yana boshqa turli sohalarda tanilgan insonlarning ham bekgraundida shu tarix bor. 




Jangdan keyin Nursultonning "10 yildan beri UFC'ga chiqishni kutaman" deb yig'lab yuborgani ham odamni g'alati qilib yubordi. Qoyil qoldim. SHuncha qiyinchilik, shuncha intilishlardan keyin odam o'zi maqsad qilgan, orzu qilgan cho'qqisiga chiqdi, chiqqandayam yorqin ravishda porlab berdi. Eng yaxshi janglar qatorida 50 ming dollarlik bonusni ham oldi birinchi jangidayoq. UFC jangni o'zi uchun yangi kelgan noneymlarga 10-16 ming dollar beradi xolos.

O'sha migrantlik davrlarida bu yigitlar shunday kunlar kelishini o'ylashganmidi? Menimcha ha, chunki yaxshi niyat bu yarim davlat. Insonning hamisha o'ylab yurgan narsasiga o'sha miyadagi kayfiyat ham yaqinlashtirib boradi. Qoyil Nursulton!

Nurbek Alimov  - bloger.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing