06 avg 18:30
Yangiliklar
Tennis

O'zbekistonlik uch tennischi Roland Garros musobaqasining chorak finaliga yo'l oldi
Bugundan Olma-Ota (Qozog'iston) shahrida tennis bo'yicha U-16 yosh toifasidagi o'g'il-qizlar ishtirokida Roland Garros Junior Series by Renault turnirining saralash bosqichi start oldi.
Musobaqaning bugungi kuni doirasida o'zbekistonlik tennischilar chorak final bosqichiga chiqishdi.
Veronika Jeparova eronlik raqibi Mozxan Abedlatini 6:1, 6:0 hisobida mag'lub etdi, Emili Kim esa iordaniyalik tennischi Nuur Selin Saejni 6:1, 6:1 hisobida engdi.
O'g'il bolalar o'rtasida Mahmudbek Beknazarov qozog'istonlik raqibi Daniel Yureklini 5:7, 6:4, 6:1 hisobida mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi.
Turnir Markaziy va G'arbiy Osiyoning eng kuchli o'yinchilarini birlashtiradi va g'oliblar Franciyada o'tkaziladigan Roland Garros Junior Series final turnirida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. Bellashuvlar 9 avgust kuni yakunlanadi.
O'zbekiston tennis federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/utfuz
Fikrlar