14 iyu 08:12
Yangiliklar
O'zbekistonning Franciyadagi elchisi karatechilarimizni qabul qildi
Mazkur turnir doirasida O'zbekistonning Franciyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Sardor Rustamboev delegaciyamiz bilan uchrashdi.
Sardor Mirzayusupovich MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov boshchiligidagi delegaciyamizni qabul qildi. Samimiy o'tgan uchrashuvda tomonlar bir qator hamkorlik masalalari bo'yicha suhbat olib borishdi. Qayd etish joiz, Tokio-2020 dan keyingi Olimpiya o'yinlariga 2024 yili Parij mezbonlik qiladi. Suhbatda kelgusi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik bo'yicha ham fikrlar bildirildi.
SHundan so'ng Sardor Rustamboev terma jamoamiz vakillarini o'zbek milliy taomlari bilan mehmon qilib, sportchilarimizga omad va zafarlar tilab qoldi. O'z navbatida SHerzod Tashmatov elchi janoblariga MOQning esdalik sovg'asini topshirdi va ikki mamlakat o'rtasida sport sohasini ham rivojlantirish bo'yicha olib borayotgan xizmatlari uchun tashakkur izhor qilib o'tdi.
Fikrlar