So’nggi yangiliklar

19:03"Жон деб". Рико Верхувен Усик билан реванш истагини билдирди 0 18:39"Челси" ва "Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани қайтармоқчи 0 18:18"Давом этиш керак эди". Жошуа Усик — Верхувен жанги ҳақида фикр билдирди 0 17:54"Жон Жонс — ММА оламидаги Майкл Жордан" - Дана Уайт 0 17:26Сауль Альварес Усикнинг баҳсли ғалабаси ҳақида фикр билдирди 0 17:02Хаби Алонсо "Челси"га "Манчестер Сити" ярим ҳимоячисини олиб келиши мумкин 0 16:43Таэквондо терма жамоамиз Осиё чемпионатини 11 та медаль билан якунлашди 0 16:17Рико Верхувен Усик билан жанг бўйича расмий шикоят берди 0 15:43Бокс ҳамжамияти Усик - Верхувен жанги натижасига муносабат билдирди 0 15:16Пеп "Ман Сити"дан кетиши ҳақида: "Мен дам олишга лойиқман" 0 14:49Александр Усик Верхувенни фаолиятидаги энг қийин рақиб деб атади 0 14:19Рико Верхувен рефери қароридан шикоят қилиш эҳтимоли ҳақидаги саволга жавоб берди 0 13:57Жейк Пол Усик — Верхувен жанг оқшомини танқид қилди 0 13:11"Мен ҳам, Германия ҳам тайёр". Кабайел Усик билан жангга розилик билдирди 0 12:39"Реал" Моуриньюнинг трансфер мақсади учун 100 миллион евро тўлаши керак?! 0

07 okt 12:00
Yangiliklar

O'zDJTSUning Sportni boshqarish fakulteti tomonidan "Ota-onalar forumi" o'tkazildi

Joriy yilning 5 oktyabr kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sportni boshqarish fakulteti tomonidan mazkur fakultetda tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari ishtirokida "Ota-onalar forumi" bo'lib o'tdi.

Mamlakatimizning barcha hududlaridan ushbu forumga tashrif buyurgan 300 nafardan ortiq ota-onalarni Sportni boshqarish fakulteti dekani Aziz Tillyaxodjaev boshchiligidagi professor-o'qituvchilar va talabalar tantanali tarzda qarshi olishdi. 

Forumda avvalida ota-onalarga kichik ekskursiya uyushtirildi va  yaratilgan shart-sharoitlar tanishtirilib, talabalarga beriladigan imtiyozlar, ularning bo'sh vaqtlarni samarali o'tkazish uchun tashkil etilgan to'garaklar va boshqa shu kabi masalalar haqida to'liq malumotlar berildi. SHundan so'ng universitetning madaniyat saroyida manaviy-marifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir universitet rektori Mahmudjon Boltabaevning kirish so'zi boshlandi.  Rektor o'z so'zida bugun universitetda talabalar uchun barcha sharoitlar muhayyo etilganini va ushbu yaratilgan sharoitlar, qulayliklardan oqilona, foydalanish hamda muhim jihat-ota-onalar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash orqali talim-tarbiyasiga hamjihatlik bilan nazorat qilish zarurligi xususida alohida takidlab o'tdi. Ota-onalar bilan dildan suhbat davomida ularni qiziqtirgan barcha savollariga javob berildi. SHuningdek, forum doirasida talabalar tomonidan tayyorlangan mavzuga doir sahna ko'rinishlari mahorat bilan namoyish etildi, kuy-qo'shiqlar ijro etildi. O'z o'rnida ota-onalar ham farzandlari uchun munosib sharoitlar va g'amxo'rlik uchun tashakkur izhor etishdi. 



Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing