So’nggi yangiliklar

08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0

16 dek 15:04
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

“O'zkimyosanoat” AJ: O'zbekiston sportchilari uchun 2,4 milliard so'm homiylik mablag'i yo'naltirildi

Mazkur homiylik mablag'i 2024 yil Parij shahrida (Franciya) bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik uchun yo'naltirilgan.

Bundan ko'zlangan maqsad 2024 yil Parij shahrida bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini tayyorlash, zarur shart-sharoitlar yaratish va ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlashdan iborat.

Bugungi kunda “O'zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari tomonidan yuqorida takidlangan 2,4 milliard so'm homiylik mablag'i belgilangan muddatlarda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi hisob raqamiga to'liq o'tkazib berildi.

Ajratilgan mazkur homiylik mablag'i O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan tegishli talabnomalar asosida sportchilarimizning 2024 yil Parij shahrida bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rishlari uchun yurtimiz va xorijda o'quv mashg'ulot yig'inlarini samarali tashkil etish, zamonaviy sport inventarlari bilan taminlash va barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida sport federaciyalariga yo'naltirilmoqda.

SHu bilan birga, sport federaciyalariga o'tkazilgan mablag' haqida malumotlar muntazam ravishda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rasmiy veb-saytidagi Ochiq malumotlar ruknida elon qilib kelinmoqda.

Eslatib o'tamiz, jamiyat korxonalari tomonidan yo'naltirilgan homiylik mablag'i O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 noyabrdagi “2024-yil Parij shahrida (Franciya) bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida”gi va 2022 yil 14 fevraldagi “O'zbekiston sportchilarini navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun tayyorgarlik qilish ishlarini jadallashtirish to'g'risida”gi qarorlari ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing