So’nggi yangiliklar

07:06Чимаев Царукян билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0

26 iyu 07:49
Yangiliklar

Sport kurashlari

Ozodbek - Jahon chempionatining kumush medali sovrindori!

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o'tkazilgan erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati o'z yakuniga etdi.

Musobaqaning so'nggi kuni yunon-rum kurashi bo'yicha beshta vaznda g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. Olimjon Qurbonov va Baxtiyor Sayfiev murabbiyligidagi 3 nafar klassigimiz kechagi bahslarda jahon chempionati medallari uchun gilamga chiqishdi.

Quvonarlisi, saralash bellashuvlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Ozodbek Xalimboev finalga qadar etib keldi. 45 kg vazn toifasidagi kurashchimiz 1/8 finalda isroillik Amare Feteneni 7-0, 1/4 finalda armanistonlik Levon Martirosyanni 6-0, 1/2 finalda esa gruziyalik Anri Xozrevanidzeni 11-0 hisobida dog'da qoldirdi. Jahon chempionatining oltin medali uchun kechgan bellashuvda esa ukrainalik Nikita Dementevga kichik hisobda yutqazib, kumush medalga sazovor bo'ldi. 

60 kg vazndagi kurashchimiz Azizbek Yo'ldoshev bronza medali yo'lidagi o'tish bellashuvida rossiyalik Abdulla Salimovga 0-7 hisobida yutqaza turib, yakunda "tushe" bahosi bilan sof g'alabaga erishdi. Ammo, bronza medali uchun bahsda yutqazib qo'ydi. 92 kg vazn toifasidagi Javlon Tirkashev esa bronza medali uchun kechgan bellashuvda rossiyalik Timur CHernishevga imkoniyatni boy berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing