28 sen 16:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao Makgregor bilan bo'ladigan jangni tasdiqladi. Bokschi oladigan pullarini nimaga ishlatishini ham aytdi
WBA chempioni Menni Pakyao Konor Makgregor bilan jang olib borishini tasdiqladi.
Filippinlik bokschi jang uchun oladigan gonorarini koronavirus pandemiyasidan aziyat chekkan insonlarga hayriya qiladi.
"Barcha filippinlik koronavirus qurbonlari uchun senator Menni Pakyao keyingi yil UFC superyulduzi Konor Makgregor bilan jang qiladi",-deyiladi bokschi shtabining bayonotida.
41 yoshli Pakyao faoliyati davomida 62 g'alaba, 7 mag'lubiyat va 2 bor durang qayd etgan. Makgregor esa professional boksda bir marta ringga chiqqan va unda Floyd Meyvezerga mag'lub bo'lgan.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar