05 okt 13:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao Makgregor bilan jang uchun shartini aytdi
Filippinlik bokschi Menni Pakyao Konor Makgregor bilan qanday shart asosida ringga chiqishini aytdi.
Uning so'zlariga ko'ra, o'sha jangda o'ziga-o'zi sopromouter bo'lishga ruxsat berishlari lozim ekan.
"Hozir "Paradigm Sports Management" bilan shartnomam yo'q. Men o'zimniing "Pac Sports and Entertainment" kompaniyamni ochdim va muxlislarimga Konorga qarshi ajoyib jangni tuhfa qilmoqchiman. Ushbu jang agar menga sopromouter bo'lishga ruxsat berishgan taqdirda amalga oshadi", - dedi Pakyao.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar