25 okt 10:52
Yangiliklar
Pakyaoning o'g'li prof boksda debyut qiladi. Raqib, sana va manzil aniq!
Pakyaoning to'ng'ich o'g'li 29 noyabr kuni professional boksda ilk jangini o'tkazadi. Jimel otasining afsonaviy murabbiyi Freddi Rouchga tegishli mashhur Wild Card zalida o'z mashg'ulotlarini o'tkazib keladi. Murabbiyi - Marvin Samodio.
U 29 noyabr kuni AQSHning Kaliforniya shtati Temekula shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida amerikalik Brendan Lelliga qarshi ringga ko'tariladi. Bu jang Brenda uchun ham professional boksdagi debyut bo'ladi. Oqshomning asosiy jangi esa Lorenco Parra va Elayji Pirs o'rtasida o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, 46 yoshli Menni Pakyao shu yozda boksdagi faoliyatini qayta tiklagandi. O'shanda u 12 raund to'liq davom etgan jangda yarimo'rta vaznda WBC chempioni Mario Barrios bilan durang natija qayd etgan edi.

Fikrlar