09 jan 17:40
Yangiliklar
Dzyudo
"Pantera Sport" dzyudo klubi faoliyatiga nazar
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan dzyudo to'garaklari haqida malumot berishda davom etamiz.
Bugun biz poytaxtimizdagi "Pantera Sport" ("Pantera Sport") klubi haqida hikoya qilamiz. Ushbu dzyudo to'garagiga 2013 yilda Komil Tojiev tomonidan asos solingan. Klub tarbiyalanuvchilari o'tgan davr mobaynida yurtimiz hamda xorijda o'tgan musobaqalarda g'olib va sovrindorlar safidan joy olgan.
Ushbu dzyudo to'garagini tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad - mahalliy yoshlarni dzyudo sport turiga qiziqtirish, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat. Bugungi kunda klubda 200 nafarga yaqin bolalar dzyudo sir-asrorlarini o'rganishyapti. Ular orasida qiz bolalar ham bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar