25 may 15:37
Yangiliklar
Paralimpiya
Para engil atletika: Notvill Gran-prisida 19 ta medal qo'lga kiritildi
SHveycariyaning Notvill shaharchasida para engil atletika bo'yicha xalqaro Gran-pri musobaqasi nihoyasiga etdi.
Uch kun davom etgan bellashuvlarda dunyoning 58 ta mamlakatidan 450 nafar atletlar, xususan, yurtdoshlarimiz ham bahs olib borishdi.
Musobaqaning so'nggi kunida terma jamoamiz azolari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Oltin:
Bobur Omonov (F41 klassi, yadro uloqtirish)
Qudratulloxon Marufxo'jaev (F37 klassi, yadro uloqtirish)..
Kumush:
Anora So'fieva (T47 klassi, uzunlikka sakrash).
Bronza:
Yoqutxon Xolbekova (T12 klassi, nayza uloqtirish)
Barotjon Baxtiyorov (T36 klassi, yadro uloqtirish).
SHunday qilib, para engil atletikachilarimiz Notvill Gran-prisini 6 ta oltin, 3 ta kumush va 10 ta bronza, umumiy hisobda 19 ta medal bilan yakuniga etkazdi.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar