So’nggi yangiliklar

16:30Генри Сехудо Топурия учун идеал рақибни айтди 0 15:49Жон Жонс Махачевнинг допинг айбловларига жавоб қайтарди 0 15:05Ўзбекистон МТЖ Сурия билан Тошкентда ўйнайди 0 14:26"Мени чемпионлик жангидан икки-учта жанг ажратиб турибди" - Шара Буллет 0 13:52Шоҳжаҳон Эргашев Данияр Елеусиновни жангга чорлади, Олимпиада чемпиони эса бунга жавоб қайтарди 0 13:22Осиё ўйинларини ғалаба билан бошладик: Филиппин йирик ҳисобда мағлуб этилди 0 13:0046-Бутунжаҳон шахмат олимпиадаси: Ўзбекистон терма жамоаси таркиби расман эълон қилинди 0 12:36L'Équipe "Олтин тўп"-2026 учун бешта асосий фаворитни кўрсатди 0 12:05"Бу менга ваъда қилинган жанг эди". Бектемир Мелиқўзиев чемпионлик жангини сўрамоқда 0 11:34Salesforce FIDE Жаҳон чемпионати 2026: Сана, формат ва мукофот жамғармаси тасдиқланди 0 11:03Перейра Аспиналлнинг UFC камаридан воз кечиш қароридан сўнг мухлислардан ёрдам сўради 0 10:32Осиё ўйинлари. Бугун Олимпия терма жамоамиз юришини бошлайди 0 10:01Крикет бўйича "Мустақиллик Кубоги": "ANFA" чемпион! 0 09:30Рамазон Темиров яна допинг учун таҳлил топширди + ФОТО 0 08:59UFC 331 турнирининг тўлиқ карди тасдиқланди: Жошуа Ван – Пантожа, Царукян – Руффи 0

17 dek 10:11
Yangiliklar

Para kamondan o'q otish bo'yicha musobaqa o'tkazildi

Teglar :  Para kamondan otish
Boyovut tumanidagi 1-sonli sport maktabida para kamondan o'q otish bo'yicha Sirdaryo viloyat qo'riqlash boshqarmasi boshlig'i kubogi uchun musobaqa o'tkazildi.

Unda yurtimizning turli viloyatlaridan kelgan 70 yaqin matonatli va irodali sportchilar 2 kun davomida g'oliblik uchun kurash olib bordi. 

Musobaqa avvalida tuman hokimi Dilfuza O'rolova so'zga chiqib, imkoniyati cheklangan bo'lsa-da, para sportning turli yo'nalishlarida muvaffaqiyat qozonayotgan, xalqaro musobaqalarda, Paralimpiya o'yinlarida o'z mahoratini namoyish qilayotgan para sportchilar, ular erishayotgan yutuqlar to'g'risida gapirib, para sportchilarga omad tiladi.

SHundan so'ng musobaqaga start berildi. Qizg'in va murosasiz o'tgan bahslarda para sportchilar kamondan o'q otish bo'yicha o'z mahoratlarini namoyish etishdi.

Erkaklar o'rtasida o'tgan musobaqada qashqadaryolik Ubaydulla Imomqulov, buxorolik Ortiqjon Boboqulov, toshkentlik Abduvahob Qirg'izboev, Umidjon Komiljonov, ayollar o'rtasida o'tkazilgan bahslarda buxorolik Sabinabonu Baqoeva, SHahribonu Vahobova, toshkentlik SHohidaxon To'raeva, Madina Ro'zievalar o'z yo'nalishlarida tengsiz ekanliklarini yana bir bor isbotlashdi.

Musobaqa so'nggida g'olib va ishtirokchilarga musobaqa tashkilotchilarining diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing