12 okt 07:59
Yangiliklar

Para pauerlifting: Jahon chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o'rinda yakunladik
Dunyoning 27 mamlakatidan 120 nafar atletlar bahs olib borgan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda ikkala yosh toifasidagi bellashuvlarda 27 ta oltin, 11 ta kumush va 9 ta bronza, jami 47 ta medal qo'lga kiritildi. Ahamiyatlisi, mazkur natija orqali jamoamiz musobaqada medallar jamg'arish bo'yicha birinchi bo'ldi.
Musobaqaning ikkinchi kunida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilarimiz:
O'smirlar:
73 kg: Feruzaxon Orifjonova (2 ta oltin)
80 kg: Elbek Farxodov (2 ta oltin)
88 kg: Azizbek Perdebaev (2 ta oltin)
107 kg: Xojiakbar O'roqov (2 ta oltin)
72 kg: Ilhomjon Xolmatjonov (1 ta kumush va 1 ta bronza)
97 kg: Azizbek Yahyoev (1 ta kumush va 1 ta bronza)
61 kg: Ezoza Abdujabborova (1 ta bronza).
Yoshlar:
67 kg: Ruxshona O'ktamova (2 ta oltin)
73 kg: Gulyuz Nematullaeva (2 ta oltin)
79 kg: Tursinoy Tursunboeva (2 ta oltin)
107 kg: Jasurbek Yo'ldoshev (2 ta oltin)
80 kg: Muhammadaziz Abdurashidov (1 ta oltin va 1 ta bronza)
88 kg: Xusniddin Usmonjonov (1 ta kumush va 1 ta bronza)
97 kg: Muhammad Ahmedov (1 ta kumush va 1 ta bronza)
72 kg: Og'abek Asadullaev (1 ta kumush)
80 kg: Umidjon Arzimatov (1 ta kumush)
73 kg: Ozoda Boltaboeva (1 ta bronza).
Fikrlar