So’nggi yangiliklar

15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:15"Манчестер Юнайтед" тарихида илк бор ушбу ҳолатга тушиб қолди 0 12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0 12:11Ковингтон UFC жангчилари ва Zuffa боксчилари ўртасидаги мукофот фарқи учун Дана Уайтни танқид қилди 0 11:40Жаҳонгир Зокиров "Zuffa"даги жанги учун Ар-Риёдга етиб борди 0 11:09Ўзбекистон – Саудия Арабистони учрашуви учун чипталар нархи маълум бўлди 0 10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0 09:05А Серия. Етакчилар баҳсида "Интер"нинг қўли баланд келди + ВИДЕО 0

12 fev 17:57
Yangiliklar

Stol tennisi

Paralimpiyachilar o'rtasida stol tennisi musobaqasi o'tkazildi

Teglar :  Stol tennisi
Mamlakatimizda yoshlarimizning bilim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanib, o'z iqtidor va salohiyatini namoyon qilishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.

Bu jarayonda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami, jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, moddiy va manaviy ko'mak berish, bilim olishi, salomatligini mustahkamlashi, o'z qiziqish va intilishiga mos kasb-hunar egallashi, sport bilan shug'ullanishini taminlashga doimiy etibor qaratilmoqda.

O'zbekiston stol tennisi federaciyasi va Milliy paralimpiya associaciyasi tomonidan jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlar o'rtasida paralimpiya harakatini rivojlantirish, ularni sportga keng jalb etish orqali jamiyatga faol integraciyalashuvini taminlash, xalqaro maydonlardagi nufuzli musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir sportchilarni tarbiyalash va ular o'rtasida stol tennisi sport turini yanada ommalashtirish maqsadida stol tennis bo'yicha ochiq turnir o'tkazildi.

Uchtepa tumani 1-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabida o'tkazilgan mazkur musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan paralimpiyachilar ishtirok etdi. Unda Izzatbek Hamroev, Umidjon Ahmedov, Bahodir Mullajonov shohsupaga ko'tarildi.

– Mazkur musobaqada jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlarni stol tennisiga bo'lgan qiziqishini ko'rib ochig'i hayratlandim. Bizning asosiy maqsadimiz ularning o'zlari qiziqqan sport turlari bilan shug'ullantirish va mamlakatimiz sharafini himoya qilishlari uchun imkoniyat yaratishdir, – deydi Nodira Burhonxo'jaeva. – Endi biz mamlakatimiz bo'ylab paralimpiyachilar o'rtasida stol tennisini rivojlantirish uchun bir qator ishlarni amalga oshiramiz. Dastlabki vazifalarimizdan biri, hududlarda ular o'rtasida musobaqa tashkil etishdir.


O'zbekiston stol tennisi federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing