So’nggi yangiliklar

14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0 07:32Роналду "Ал Наcср"нинг "Нефтчи" устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди 0 21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0

15 iyu 09:37
Yangiliklar

Engil atletika, Parij-2024

Parij-2024 licenziatlari: O'zbek engil atletikasining kelajagi SHarifa Davronova

Yosh va umidli sportchimiz SHarifa Davronova 17 yoshida Olimpiya o'yinlarida debyut qiladi.

Ikki yil avval U20 yosh toifasidagi jahon chempionatida raqibalarini ulkan farq bilan ortda qoldirgancha katta sahnaga chiqqan samarqandlik sportchimiz Parijda ham barchani hayratga solishiga ishonamiz.

Davronova SHarifa Jamsherovna 2006 yil 27 sentyabr kuni Samarqand viloyatida tug'ilgan. 2019 yildan O'zbekiston terma jamoasi azosi. Murabbiyi Muzaffar Karimov. SHarifa 2019 yil o'smirlar, 2020 yil kattalar o'rtasidagi mamlakat chempionatida uch hatlab sakrash dasturida g'alaba qozongan. SHundan so'ng ko'plab xalqaro musobaqalarda g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olib kelyapti. 

Ikki yildirki, yoshlar o'rtasidagi qita birinchiliklarida g'oliblikni hech kimga bermayapti. 2022 yil Kolumbiyada o'tgan U20 yosh toifasidagi jahon chempionatida, Konya-2021 Islom birdamligi o'yinlarida, 2023 yil Qozog'istonda tashkil etilgan yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida, Xanchjou-2022 yozgi Osiyo o'yinlarida oltin medallarga sazovor bo'lgan. Ko'rsatgan natijalari evaziga “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan.

Davronova Butunjahon engil atletika federaciyasi (World athletics) tomonidan elon qilingan reyting yakuniga ko'ra, uch hatlab sakrash dasturida Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisiga aylandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing