03 jan 11:06
Yangiliklar
Tennis
Parij-2024 Olimpiadasida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasidagi yakkalik finali besh setli formatda o'tkaziladi
2024 yilgi Olimpiya o'yinlarining erkaklar o'rtasidagi yakkalik bahslari finali besh setli formatda o'tkaziladi, deb xabar bermoqda O'yinlar tashkiliy qo'mitasi.
Bu 2016 yildan beri birinchi marta bo'ladi. Tokio-2020 Olimpiadasida Aleksandr Zverev va Karen Xachanov o'rtasidagi hal qiluvchi bahs ikki setda (6/3, 6/1) yakunlandi.
Eslatib o'tamiz, musobaqa 2024 yilning 27 iyul - 3 avgust kunlari Parijdagi (Franciya) «Rolan Garros» grunt kortlarida bo'lib o'tadi. Erkaklar o'rtasidagi yakkalik finalidan tashqari barcha uchrashuvlar uch setlik formatda o'tkaziladi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar