27 sen 16:03
Yangiliklar

Parij-2024 Paralimpiadasi sovrindorlari Kubaro Hakimova va SHahina Yigitalieva Jahon chempionatida kumush medallarga ega chiqishdi
Navro'za Axmatova esa 9.49 m masofaga yadro uloqtirish orqali faoliyatidagi eng yaxshi natijani ko'rsatdi. Axmatova bu ko'rsatkich bilan Jahon chempionatida to'rtinchi bo'ldi.
1. Meerli Buitragi Arriza (Kolumbiya) - 10.21
2. Kubaro Hakimova (O'zbekiston) - 10.17
3. Raua Tlili (Tunis) - 9.96
Malumot o'rnida, bu 23 yashar Kubaroning Jahon chempionatlari doirasidagi uchinchi medali bo'ldi.
Ayollar o'rtasida F46 toifasidagi nayza uloqtirish bahslarida qatnashgan O'zbekiston terma jamoasi azosi, Parij-2024 Paralimpiya o'yinlari sovrindori SHahina Yigitalieva ham jamoamiz hisobiga kumush medalni taqdim etdi. 16 yashar hamyurtimiz 41.97 m ko'rsatkich orqali mavsumdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.
Mazkur dasturda chiqish qilgan yana ikki sportchimiz — Xusnora Qudratulleva (39.57) hamda Karomat Omonova (38.56) esa faoliyatidagi eng yaxshi natijalariga erishishdi.
1. Noella Rorda (Niderlandiya) - 43.74
2. SHahina Yigitalieva (O'zbekiston) - 41.97
3. Xolli Arnold (Buyuk Britaniya) - 41.94.
Fikrlar