02 fev 12:02
Yangiliklar
Parij "Katta Dubulg'a" turnirining birinchi kungi bahslaridan so'ng medallar jamg'arish bo'yicha nechanchi o'rindamiz? (FOTO+JADVAL)
Kecha musobaqaning ilk kuni ikki nafar dzyudochimiz bahslarga kirishib, ularning har ikkisi ham shohsupaga ko'tarildi. SHahram Ahadov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, turnir oltin medali hamda jahon reytingi uchun qimmatli 1000 ochkoga ega bo'ldi. Bronza medali sohibi Bahrom Boturov esa 500 reyting ochkosini o'z hisobiga yozib qo'ydi.
Birinchi kun natijalariga ko'ra, medallar jamg'arish bo'yicha Yaponiya terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan 1-o'rinni egallab turibdi. Franciya terma jamoasi ikkinchi pog'onadan joy olgan. Mezbonlar 2 ta oltin, 3 ta kumush, 5 ta bronza medaliga ega chiqishdi. Ozarbayjon va O'zbekiston terma jamoalari 1 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan uchinchi hamda to'rtinchi o'rinni band etgan. Aynan mana shu to'rt terma jamoa safida kamida bir nafardan chempion bor.
Fikrlar