15 iyu 13:52
Yangiliklar
Dzyudo

Parij Olimpiadasida Diyora Keldiyorovaga yutqazgan Uta Abe 24 yoshida besh karra Jahon chempioniga aylandi
Budapeshtda (Vengriya) dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati o'tkazilmoqda.
Musobaqaning kechagi kunidan o'rin olgan bellashuvlar doirasida Yaponiya terma jamoasining 52 kg vazn toifasidagi ayol dzyudochisi Uta Abe barcha raqiblaridan ustun kelgan holda oltin medalga ega chiqdi.
Uning akasi Xifumi Abe (66 kg) esa bronza medalini qo'lga kiritdi.
SHunday qilib, 24 yashar Uta Abe besh karra Jahon chempioni maqomiga ega bo'ldi. Yodingizda bo'lsa, u Parij Olimpiadasida o'zbekistonlik Diyora Keldiyorovaga mag'lub bo'lgan, Keldiyorova yakunda chempionlikni nishonlagandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar