So’nggi yangiliklar

21:34Хоккей. Гампр жаҳон чемпионатининг расмий маскоти бўлади 0 19:23Аморим Брунуга "Реал" томонидан қизиқиш бўлаётганига муносабат билдирди 0 19:02Эдди Хирн Дмитрий Биволнинг эҳтимолий рақибини айтди 0 18:39WBC президенти Бивол ва Бенавидес жанги бўйича музокаралар ҳақида гапирди 0 18:30Хоккей. Арманистон ва Чехия термалари куч синашди 0 18:17Саудия Арабистони клублари Винисиусга Роналдуникидек шартнома таклиф қилмоқда 0 17:52Забит Магомедшариповнинг ММА'га қайтиши ҳақида хабарлар тарқалди 0 17:28PFL асосчиси Усик ва Пол ўртасида жанг ўтказиш ғоясини илгари сурди 0 17:02Леннокс Льюис фаолятидаги энг қийин рақиб кимлигини айтди, бу Майк Тайсон эмас 0 16:40Холанд учун мавсум якунланди 0 16:19Конор Магрегор: "Июнь ойида Алькатрас қамоқхонасида жанг қилишим мумкин эди, лекин..." 0 15:59FIDE рейтинги янгиланди, Абдусатторов кучлилар қаторида, ТОП-100'да 5 нафар ҳамюртимиз бор 0 15:35Эдди Хирн: "Супер оғир вазннинг ҳозирги юлдузи Жошуа, чунки Фьюри нафақада" 0 15:14Бокс бўйича Жаҳон кубогида бугун 3 нафар ҳамюртимиз рингга кўтарилади 0 15:02«Манчестер Сити»нинг уч нафар ярим ҳимоячиси ёзда жамоани тарк этади 0

14 fev 17:27
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Parij Olimpiadasida sovrindor bo'lgan o'zbekistonlik sportchilarga necha pul berilishi malum bo'ldi

Teglar :  Parij-2024
O'zbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori elon qilindi.

O'zbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish, shuningdek, g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilarni pul mukofotlari bilan rag'batlantirish maqsadida:

1. Belgilab qo'yilsinki:

a) 2024 yil Parij shahrida (Franciya) bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlarida (keyingi o'rinlarda – Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari) g'olib va sovrindor bo'lgan O'zbekiston sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag'batlantiriladi:

oltin medal uchun – 200 000 AQSH dollari;

kumush medal uchun – 100 000 AQSH dollari;

bronza medal uchun – 50 000 AQSH dollari;

b) mazkur bandda nazarda tutilgan xarajatlar Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplanadi.

2.Transport vazirligi (I.Maxkamov) Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik qilish jarayonida respublika hududida o'tkazilayotgan sport musobaqalari, o'quv-mashg'ulotlar yig'inlarida olimpiya va paralimpiya sport turlari bo'yicha terma jamoa azolarining ishtirokini taminlash uchun viloyatlararo yo'nalishlar bo'yicha (temir yo'l va aviachipta) transport xarajatlariga 2022 yil 1 martdan 2024 yil 1 sentyabrga qadar chegirmalar joriy etsin.

3. Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini tayyorlash bo'yicha Respublika komissiyasi (keyingi o'rinlarda ­– Respublika komissiyasi) tomonidan belgilanadigan homiy tashkilotlarning:

Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etish huquqi uchun licenziyani qo'lga kiritishga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston sportchilariga zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida homiylik xayriya yordamini ko'rsatish;

homiylik xayriya yordami sifatida ajratiladigan mablag'larni Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka asosan to'lab borish;

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi, sport federaciya (associaciya)lariga ajratilgan pul mablag'laridan oqilona, tejamkor, samarali va maqsadli foydalanilganligi haqida har chorakda ularning hisobotini eshitib borish to'g'risidagi takliflari maqullansin.

Homiy tashkilotlarning tegishli boshqaruv organlari bir oy muddatda homiylik xayriya yordami sifatida ajratiladigan mablag'larni tasdiqlangan reja-grafikka asosan to'lab borish to'g'risida qarorlarni qabul qilsin, ajratilgan pul mablag'laridan oqilona, tejamkor, samarali va maqsadli foydalanilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o'rnatsin, natijalari haqida ommaviy axborot vositalarida elon qilsin.

Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini tayyorlash bo'yicha Respublika komissiyasi (A.Aripov, A.Abduxakimov) Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik qilish jarayonida yuqori ko'rsatkichlarni qayd etgan homiy tashkilotlarni mukofotlash choralarini ko'rsin, zarur hollarda taklif kiritsin.

4. Malumot uchun qabul qilinsinki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 noyabrdagi PQ-5281-son qarori bilan tasdiqlangan 2024 yil Parij shahrida (Franciya) bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini tayyorlash dasturida sportning dzyudo, taekvondo (WT), og'ir atletika, sport kurashlari, stol tennisi turlarini rivojlantirish bo'yicha vazifa belgilangan.

Bosh vazir o'rinbosari A.Abduxakimov O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hamda tegishli sport federaciyalari (associaciyalari)ni jalb etgan holda:

2022 yil 1 mayga qadar – sportning dzyudo turini rivojlantirish bo'yicha;

2022 yil 1 iyunga qadar – sportning taekvondo (WT) va sport kurashlari turlarini rivojlantirish bo'yicha;

2022 yil 1 iyulga qadar – sportning og'ir atletika va stol tennisi turlarini rivojlantirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasiga kiritsin.

5.Bosh vazir o'rinbosari A.Abduxakimov O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi, O'zbekiston qishki sport turlari associaciyasi hamda tegishli sport federaciyalari (associaciyalari)ni jalb etgan holda 2022 yil Pekin shahrida (Xitoy) bo'lib o'tayotgan XXIV qishki Olimpiya va XIII Paralimpiya o'yinlari natijalaridan kelib chiqib:

2022 yil 1 aprelga qadar – O'zbekistonda qishki sport turlarini kompleks rivojlantirishni;

2022 yil 1 iyulga qadar – 2026 yil Milan shahrida (Italiya) bo'lib o'tadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlashni nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasiga kiritsin.

6.SHunday tartib o'rnatilsinki, unga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida qatnashish huquqini beruvchi licenziyalarning, shuningdek, ishtirok etiladigan sport turlarining sonini kamaytirish O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasining tegishli bo'linmalari bilan kelishilgan holda Respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

7.Turizm va sport vazirligi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2028 yil Los-Andjeles shahrida (AQSH) bo'lib o'tadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, quyidagilar nazarda tutilsin:

Olimpiya va Paralimpiya dasturlariga kiritilgan sport turlari bo'yicha, ayniqsa, jamoaviy sport turlari (basketbol, gandbol, voleybol, chim ustida xokkey, regbi, suv polosi va boshqalar) bo'yicha licenziyalar sonini sezilarli darajada ko'paytirish;

Los-Andjeles shahrida bo'lib o'tadigan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini saralash va tayyorlash dasturi;

Los-Andjeles shahrida bo'lib o'tadigan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha maqsadli ko'rsatkichlar;

Los-Andjeles shahrida bo'lib o'tadigan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'ruvchi O'zbekiston milliy terma jamoalarining kontingenti;

Los-Andjeles shahrida bo'lib o'tadigan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini tayyorlash maqsadida sport federaciya (associaciya)lariga biriktirilgan sport bazalari ro'yxati;

Los-Andjeles shahrida bo'lib o'tadigan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini tayyorlash bo'yicha Respublika komissiyasi tarkibi hamda komissiya to'g'risida nizom tasdiqlanishi;

Los-Andjeles shahrida bo'lib o'tadigan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etish uchun talabgorlar o'rtasida ayol sportchilar ulushini oshirish, sportchilarni saralash va tayyorlashda gender tengligini taminlash;

sport farmakologiyasi, psixologiyasi, tibbiyoti va dietologiyasini takomillashtirish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish.

8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o'rinbosari A.A.Abduxakimov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi R.M.SHaabduraxmanov va O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi raisi M.M.Tashxodjaev belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A.Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yili 1 yanvargacha O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.

 

O'zbekiston Respublikasi

         Prezidenti                                                          SH.MIRZIYOEV

 

Toshkent shahri, 

2022 yil 14 fevral

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing