13 iyu 15:14
Yangiliklar
Qiziqarli!, Parij-2024
Parij Olimpiadasida uchar taksilar ham xizmat ko'rsatadi
Olimpiya o'yinlari vaqtida uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi.
Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.
"Aéroports de Paris " (ADP) boshqaruv guruhi Parij shahri ichida, Sena daryosi bo'yidagi "Quai de Osterlitz" qirg'og'ida va 13-okrugda joylashgan vertolyot maydonchasi ishlashiga rahbarlik qiladi. Maydoncha jamoat havo harakati uchun mo'ljallangan.
Olimpiada vaqtida faqatgina Germaniyaning "Volocopter" samolyot ishlab chiqaruvchisi o'zining uchar taksilarini boshqarishi mumkin. "Volocopter" soat 8:00 — 17:00 oralig'ida parvozlarni amalga oshirishi mumkin bo'ladi.
Havola :
Manba : Bloomberg
Fikrlar