So’nggi yangiliklar

10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0 09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0

14 iyu 14:56
Yangiliklar

Boks/MMA

Paulo Kosta nega Ankalaev bilan jangdan bosh tortganini malum qildi

UFC chempionlik kamariga sobiq davogar Paulo Kosta tashkilot unga Magomed Ankalaev bilan jangda Xalil Rauntri o'rniga chiqishni taklif qilganini aytdi.

Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi tayyorgarlik muddati juda qisqa bo'lgani uchun bu taklifga rad javobini bergan.

"Qo'ng'iroq qilishdi. Ammo jangga 14 kundan kamroq vaqt qolgandi. Abu-Dabiga uchish kerak - bu 16 soatlik yo'l, bir xil pul evaziga va vaqt mintaqasi tashqarisida emas, balki besh raundni o'tkazish. Menimcha, hozir buning manosi yo'q.

Men bu haqda o'ylab ko'rdim, ammo bu haqiqatan ham manoga ega emas ekan. Hozir men taxminan 106 kg vaznga egaman. Men juda qattiq parhezni boshlashim kerak. Yarim og'ir vazn toifasida vaznni to'g'ri qaytarish uchun menga etti-sakkiz haftalik tayyorgarlik kerak bo'ladi. Bu menga 12-14 hafta kerak bo'ladigan o'rta vazn toifasiga qaraganda tezroq, ammo baribir bunday qisqa muddatda jangni qabul qilish yaxshi fikr emas.

Menimcha, menga bu taklifni UFC`ni omma oldida tanqid qilganim uchun berishdi. Bu yaxshi savol va menimcha, shunday. Bu meni biroz ranjitadi, chunki ularning muzokaralar olib borishi menga yoqmaydi. Menimcha, ular istedodli jangchilarni o'zlaridan uzoqlashtiradilar. Ular masofa yaratadi, sportchilar va muzokara olib boruvchilar o'rtasida o'ziga xos ziddiyat yuzaga keladi.

Bunaqasini avval ham ko'rganmiz. SHunday holatlardan biri Frensis Ngannu edi. Ular unga haddan tashqari bosim o'tkazishdi va oxir-oqibat uni ketishga o'zlari majbur qilishdi. Keyin u boshqa tashkilotdagi yirik turnirning asosiy musobaqasida jangga chiqdi", - dedi Kosta jurnalist Ariel Xelvaniga bergan intervyusida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing