22 apr 17:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Paulo Kosta: "Xamzat bilan jangga 100% tayyorman, u mendan qo'rqadi"
O'rta vazn toifasida UFC chempionligiga sobiq davogar, braziliyalik Paulo Kosta BAA vakli Xamzat CHimaev bilan jang qilishga tayyorligini malum qildi.
"Xalqaro janglar haftaligi doirasida bo'lib o'tadigan turnirda ishtirok etish uchun shartnoma imzolaganman. CHechen mendan qo'rqadi, buni hamma biladi. Lekin men hali ham shu erdaman. Agar matchmeykerlar bu jang nihoyat bo'lishini istasa, menga xabar bering, men 100% tayyorman", deb yozdi Kosta ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Kosta birozdan so'ng bu xabarini o'chirib tashladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar