So’nggi yangiliklar

07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0

18 may 09:07
Yangiliklar

Taekvondo

Pavel Xan: “Bokuda eng kamida Meksikadagi natijani qaytaramiz”

Teglar :  TaekvondoPavel Xan
Ayni kunlarda taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib bormoqda.

Mazkur yig'in 29 may – 6 iyun kunlari Ozarbayjonda o'tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlikning asosiy bosqichi hisoblanadi. Etiboringizga terma jamoa bosh murabbiyi Pavel Xan bilan yakuniga etib borayotgan mashg'ulotlar, dunyo birinchiligidan kutilayotgan natijalar haqidagi qisqa suhbatni havola qilamiz:

– Jahon chempionatiga tayyorgarlikda nega aynan Turkiya yig'ini tanlandi?
– Biz bu joyga yil avvalida ham kelgan edik. Dunyo birinchiligiga tayyorgarlikda yana bu bazani tanlashimizga uning qulay nuqtada joylashgani sabab bo'ldi. Sport zali Antalyaning tog'li hududlarida, shahardan uzoqroq maskanda bo'lib, barcha kerakli sharoitlarga ega. SHu bois, sportchilar bo'sh vaqtlarida uzoqqa ketib qola olmaydi, ortiqcha narsaga chalg'ishmaydi. Qolaversa, tabiati va havosi yoqimli. Uning dengiz sathidan balandligi ham biz uchun juda qulay.

– Yig'in reja asosida ketmoqdami? Hozir nimalarga ahamiyat berilyapti?
– Yig'in avvalida umumiy-jismoniy tayyorgarlikka, atletlarning ko'proq kuch yig'ib olishiga etibor qaratgan edik. Hozirgi bosqichda texnik va taktik harakatlar ustida ishlayapmiz. Har bir sportchi bilan alohida tartibda kamchiliklari bo'yicha shug'ullanyapmiz. Termadagi boshqa murabbiylar bilan bo'lajak musobaqalarda duch kelishi mumkin bo'lgan raqiblarini ham o'rganyapmiz.

– Bu yilgi jahon chempionatida Meksikadagi natijani takrorlay olamizmi?
– Meksikadagi dunyo birinchiligi biz uchun tarixda qoldi. Bu yil undagi ko'rsatkichlarni qaytarish oldimizdagi eng minimal vazifa. Lekin uni yanada yaxshilash uchun, ko'proq oltin medallarga ega chiqish uchun jamoamiz bilan bor kuchimizni ishga solamiz. Buning uchun bizga davlatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratilmoqda. Kerakli o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil etilyapti.

– Jahon chempionati uchun terma jamoa tarkibi aniqmi?
– Ha, aniq. Faqat uni muxlislar va OAV uchun yana bir necha kun ichida elon qilamiz. Undan hozirgi kunda o'z vazn toifalarida birinchi raqamli bo'lib turgan sportchilar joy olgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing