01 sen 14:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Peddi Pimblett jangidan 5 hafta o'tib, yana 23 kgga semirdi
Britaniyalik UFC jangchisi Peddi Pimblett so'nggi jangidan so'ng vazn borasida muammolarga duch kelayotganini aytdi.
Jordan Levittni mag'lubiyatga uchratgan Peddi jangdan besh hafta o'tib, 23 kg vazn orttirdi. Hozirda uning vazni 90 kg.
"Vazn tashlaganimdan keyingi rasmlarimni topsangiz, men dahshatli ko'rinaman. Ko'zlarim aylanayotganga o'xshaydi. Ayni damda vazn tashlash bilan bog'liq hech qanday muammo yo'q. Kerakli vaznga erisha oladigan darajada aqlan kuchliman", - dedi Pimblett.
Eslatib o'tamiz, Peddi so'nggi bor 24 iyul kuni Jordan Levitt bilan jang qilib, sabmishen evaziga g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar