15 fev 13:53
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Pekin-2022. Kanada terma jamoasida ikkinchi oltin medal
Qishki olimpiya o'yinlarining o'n birinchi kungi bahslari doirasida navbatdagi medallar o'z egalarini topdi.
Ayollar o'rtasida konkida yugurish bo'yicha taqib etish poygasida Kanada ayollar terma jamoasi Olimpiada rekordi bilan oltin medalga ega chiqdi. Ivana Blonden, Valeri Malte va Izabel Vaydeman Pekin-2022 Olimpiadasi chempioniga aylanishdi.
Ayano Sato, Mixo Takagi va Nana Takagidan iborat Yaponiya terma jamoasi peshqadamdan 11,03 soniya ortda qolib, kumush medalni qo'lga kiritdi. Niderlandiya esa bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Havola :
Fikrlar