09 avg 11:38
Yangiliklar
Pereyra: "Ishonchim komilki, yil oxirigacha kamar uchun kurashaman"
“UFC mening chiqishlarimdan mamnun, ommaga mening janglarim yoqadi. Ishonchim komilki, yil oxirigacha kamar uchun kurashaman.
Blaxovich menga qarshi chiqa olish qobiliyatini sinab ko'rish uchun kelishini aytdi, ammo biz bunday bo'lmasligini bilardik. Birinchi raundning o'ninchi-yigirmanchi soniyalaridanoq u teykdaun uchun harakat qildi. Bu unga qimmatga tushdi. U ikkinchi raundda allaqachon charchagan edi.
Jangga tayyorgarliksiz kirishni istamadim, shuning uchun tog' cho'qqilarida mashq qildim. Menda kardio yaxshiroq ekanini bilardim. Balki ikkinchi raundda yana o'n soniya qolganida, uni nokautga uchratardim.
Natijadan juda mamnunman. Blaxovich - tajribali yigit, u eng yaxshilar bilan jang qildi va eng yaxshilarni engdi. Uni mag'lubiyatga uchratish - bu katta yutuq ", - dedi Pereyra.
Fikrlar