18 avg 14:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Petr Yan qaerda mashg'ulot olib borayotganini malum qildi + FOTO
Rossiyalik UFC jangchisi Petr Yan instagram sahifasida SHon OʻMelliga qarshi jangga Tailandda tayyorgarlik ko'rayotganini malum qildi.
Ular o'rtasidagi jang 22 oktyabr kuni UFC 280 turnirida bo'lib o'tadi.
"Bu yakshanba kuni edi. Men allaqachon mashg'ulot zalidaman. Kimga qiziq bo'lsa qo'shimcha qilmoqchiman. Men ijtimoiy tarmoqlarni reklama qilish uchun ishlatmayman. Bu erda jiddiy ishlar qilinmoqda va hayotning kichik bir qismi! SHuning uchun jiddiy tanqid qilish noo'rin", — dedi Petr Yan.
Eslatib o'tamiz, Petr Yan so'nggi bor, 10 aprel kuni Aljemeyn Sterlingga qarshi jang qilgan va mag'lub bo'lgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar