12 dek 19:26
Yangiliklar
Boks/MMA
PFL prezidenti Ngannu uchun maxsus jang tashkil qilish niyatida ekanligini aytdi
PFL prezidenti Jon Martin Fransis Ngannu kelgusi yili jang o'tkazishini malum qildi.
"Fransisning shartnomasi bo'yicha yana bir jang qolgan. U uchun alohida, maxsus jang tashkil qilmoqchiman. 2026 yilda uni amalda ko'rasiz. SHu jangdan keyin Fransis bilan uning kelajagi haqida gaplashishimiz kerak bo'ladi.
Uning yoshi 39da — yana qancha davom ettirishini bilmayman. MMAdagi ambiciyalari haliyam bormi yoki balki yana boksga qaytishni xohlar", — dedi Martin.
Avvalroq Ngannu Oq uyda Jon Jonsga qarshi jang qilish uchun UFCga qaytishga umid qilishini aytgandi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar