02 jan 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Pimblett o'zini ijtimoiy tarmoq orqali "troll" qilgan kuzatuvchisi bilan jang qildi (VIDEO)
Peddi Pimblett ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchisi bilan jang qildi.
Engil vazn toifasida britaniyalik UFC jangchisi, 27 yoshli Peddi Pimblett (20-3) ijtimoiy tarmoqlarda uni "troll" qilgan muxlisga hech bo'lmasa bir necha raund sparringga rozi bo'lishi uchun 500 evro taklif qildi.
Muxlis esa Pimblettning zaliga tashrif buyurdi va UFC jangchisi bilan oktagonga ko'tarildi.
Peddi Pimblett so'nggi bor 2022 yil 10 dekabr kuni Las-Vegas (AQSH) da tashkil etilgan UFC 282 musobaqasi doirasida amerikalik Jared Gordon (18-6)ga qarshi jang qilib, hakamlarning qarori bilan g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar