10 jan 09:05
Yangiliklar

Pol Logan "Pokemon" kartochkasini 3.5 mln dollar evaziga sotib oldi - ular soxta bo'lishi mumkin
Dekabr oyi oxirida Pol o'z Tvitter sahifasida ilk versiyasi 3,5 million dollar ekanligi tasdiqlangan "Pokemon" kartochkalar paketini sotib olgani bilan maqtandi.
Bir necha kundan so'ng yana bir bloger Rattle Polning aldangani haqida video joyladi. Rattle o'tkazgan tekshiruvga ko'ra, paket dastlab eBay'da sotuv tarixi bo'lmagan akkauntdan 70 000 dollarga sotilganini aniqladi. Bu kartalar bilan o'xshash noyob to'plam uchun shunga o'xshash narxdan bir necha baravar past.
Bloger yana shuni takidlaganki, paket shubhali hamda "Pokemon" kartalari sotiladigan qutilar kabi qadoqlanmagan. Keyinroq quti sport kollekcioneriga 2.7 mln dollarga sotildi, undan so'ng esa to'plamni Logan sotib oldi.
Vaziyatga Polning o'zi munosabat bildirdi va kartochkalar "Baseball Card Exchange" kompaniyasida ro'yxatdan o'tkazilganini ko'rsatdi.
Pol Loganning YouTube akkauntiga 23,2 mln nafar obunachi azo bo'lgan. 2021 yil iyunida Pol Floyd Meyvezerga qarshi jang o'tkazgan edi.
Fikrlar