02 iyu 12:58
Yangiliklar

Pore Oliveyraning holati bo'yicha UFC`ga taklif kiritdi
Amerikalik jangchi vazn chempioni CHarlz Oliveyraning vazn haydash hamda tarozi bilan bog'liq holatiga norozilik bildirgan. Jastin Getjiga qarshi chempionlik jangi oldidan braziliyalik belgilangan vaznni qila olmay, kamaridan mahrum bo'lgan edi. Porening so'zlariga ko'ra UFC allaqachon vazn o'lchash marosimida elektron tarozilar xizmatidan foydalanishi kerak.
"Biz elektron tarozilarga o'tishimiz lozim. SHundagina Oliveyra bilan bog'liq holatlarni chetlab o'tgan bo'lamiz. Elektron tarozi jangchining grammigacha aniq vaznni ko'rsatib beradi. Jangchi qayd etgan vazn ekranda ko'rsatilishi kerak. Hamma ko'rsin. Klassik vaznlar xizmatidan allaqachon voz kechish kerak edi", — deya Porening so'zlarini keltirmoqda The Fight.
Fikrlar