30 iyu 18:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Porega qarshi jang qilishi kutilayotgan Maykl CHendlerning mashg'ulotlaridan lavha + VIDEO
Amerikalik UFC jangchisi Maykl CHendler ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga yangi post joyladi.
Videoda ko'rishimiz mumkinki, CHendler mashg'ulotlarni faol tarzda olib bormoqda. Ko'pchilik matchmeykerlar Mayklning keyingi raqibi Konor Makgregor emas, aynan Dastin Pore bo'lishini takidlamoqda.
Eslatib o'tamiz, Maykl CHendler so'nggi bor 8 may kuni Toni Fergyusonga qarshi jang qilgan edi. Dastin Pore esa so'nggi jangini 2021 yil 12 dekabrida CHarlz Oliveyraga qarshi o'tkazgan edi.
Darvoqe, CHendler va Porening UFC 276 turniri davomida dahanaki jangga kirishib ketgani haqida xabar bergan edik. Kim bilsin, balki ularda o'sha paytda jang qilish uchun kuchli istak paydo bo'lgandir.
Avvalroq, CHendlerning o'zi ham aynan Dastin Pore bilan jangga ishora qilgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar