11 sen 10:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Povetkin: Amerika siz o'ylaganingizdek emas
Superog'ir vazn toifasida vaqtinchalik WBC kamari sohibi Aleksandr Povetkin AQSHdagi hayot haqida fikr bildirdi.
"Faoliyatimning boshida AQSH, Avstraliya va Germaniyaga borib tayyorgarlik ko'rish imkoniyatlarim bo'lgan. Lekin, men Rossiyada qolishni afzal ko'rdim. Birinchidan men Rossiyani sevaman. Ikkinchidan bu erdagi barcha narsa meni qoniqtiradi.
Ko'pchilik AQSHdagi hayotni orzu qiladi. Amerika bunaqa... Amerika unaqa deb gapiradi. Aslida AQSHda ham kambag'al va ochlar juda ko'p, u erliklar ko'chalarda yashashadi. U erga ko'chib ketgan ruslar bilan ko'rishib qolaman, ularning ko'zlaridan vatan sog'inchi ko'rinib turadi”,-dedi Povetkin.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar