04 sen 15:22
Yangiliklar

Povetkin Fyuri yoki Joshua bilan jang qilishni istamoqda
"Sog'lig'im ko'targunga qadar boks tushaman. Menga jang vaqtida adrenalin his qilish yoqadi.
Har bir jang - bu, tajriba. Sen xatolaringni ko'rib, ular ustida ishlashing mumkin. Hali jang qilib, munosabatlarga oydinlik kiritib olishim kerak bo'lgan bokschilar ko'p.
Katta ehtimol bilan bu Dillian Uaytga qarshi revanshdir. Men nima uchun zarba o'tkazib yuborganimni ko'rdim. Endi ushbu xatolarni takrorlamaslikka harakat qilaman.
Nokaut bilan bog'liq vaziyat? Zarba huddi avtopilotdek uchib chiqdi. Uni tayyorlayotgandim deya olmayman, ammo mashg'ulotlarda bu bo'yicha shug'ullangandik. Zarba eng kerakli vaqtda berildi.
Men Tayson Fyuri bilan, shuningdek yana bir marta Entoni Joshua bilan jang qilishni istardim. Ularning har ikkisi ham kuchli. Professionallar o'rtasida jahon chempioni bo'lmoqchiman. Men hali bunga erishmaganman", - dedi Povetkin.
Fikrlar