18 okt 09:48
Yangiliklar
![](/upload/storage/47002_220.jpg)
Povetkin keyingi jangini ham Angliyada o'tkazmoqchi
Yaqinda rossiyalik bokschi uchta yo'nalish chempioni bo'lib turgan britaniyalik Entoni Joshuaga chempionlik jangida imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Lekin Povetkin hali beri katta boksdan ketish haqida o'ylamayapti. Uning navbatdagi jangi 2019 yilning aprel oyida o'tkaziladi.
“Sog'lig'im joyida, kayfiyatim ham. Bir so'z bilan aytganda, hammasi super! Boksdan ketish haqida o'ylayotganim yo'q. Keyingi jangim katta ehtimol bilan aprel oyida Angliyada o'tkaziladi. Hozircha raqib nomi malum emas”, - dedi Povetkin.
Avvalroq, Aleksandr Povetkinning mashhur promouter Eddi Xirnga tegishli Matchroom promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolashi mumkinligi haqida aytilgandi. Hozirda Povetkinning Rossiyaning “Mir Boksa” kompaniyasi bilan ishlayapti.
Fikrlar