02 sen 09:14
Yangiliklar

Povetkin - Uayt revansh jangi uchun ikki sana
Xirnning aytishicha, revansh jangi noyabr oyida o'tkaziladi. Jang uchun ikkita sana ham aytildi.
"Povetkinning jamoasi revanshga yuz foiz tayyorgarlik bilan kelmoqchi. Ular revansh janigga rozi. Ikkinchi jangda Povetkin yanada ko'proq gonorar ishlab oladi. U o'zining g'alabasiga ishonmoqda. Biz ushbu jangni 14 yoki 21 noyabr kuni o'tkazmoqchimiz. Og'ir vaznda ortiqcha vazndan xalos bo'lish degan narsaning o'zi yo'q. SHuning uchun, 12 hafta har ikki bokschi uchun tayyorgarlik ko'rib olishiga etadi. Uayt va Povetkin 3-4 hafta dam olishadi va shundan so'ng mashg'ulotlarga qaytishadi. Hozir tiklanish ko'proq Uaytga kerak", — deya Xirnning so'zlarini keltirmoqda Boxingnews24.
Eslatib o'tamiz, bokschilar o'rtasidagi ilk jang 22 avgust kuni Britaniyada o'tkazilgan va unda Aleksandr Povetkin raqibini beshinchi raunda nokautga uchratgan edi.
Fikrlar