10 sen 16:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Povetkinning navbatdagi raqibi malum
Superog'ir vazn toifasida vaqtinchalik WBC kamari sohibi Aleksandr Povetkin navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazishi malum.
Rossiyalik chempion keyingi jangini ham Dillian Uaytga qarshi o'tkazadi. Bu haqida Sashaning menejeri Andrey Ryabinskiy malum qildi.
“Navbatdagi jang Dillianga qarshi bo'ladi, biz boshqa raqiblar haqida o'ylamadik”,-dedi Andrey Ryabinskiy.
Eslatib o'tamiz, 22 avgust kuni bo'lib o'tgan jang oqshomida Aleksandr kutilmaganda Uaytni beshinchi raundda nokaut qilishga erishdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar