So’nggi yangiliklar

07:01Шара Буллет UFC`да 100 миллионга жангда ютқазишни таклиф қилишгани ва ҳатто рақибни ҳам айтиб ўтди 0 18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0

16 iyu 13:18
Yangiliklar

Taekvondo

Poytaxtimizda taekvondo (ITF) bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazilmoqda

Teglar :  Taekvondo
15-16 iyun kunlari poytaxtimizda taekvondo (ITF) bo'yicha yoshlar va kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkazilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda mamlakat taekvondo ITF Milliy associaciyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 1100 nafar sportchilar ishtirok etmoqda.

15 iyun kuni poytaxtimizdagi “Sahovat sport servis” majmuasida musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda so'zga chiqqan jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Qosimov Muhtaram Prezidentimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga alohida etibor qaratilayotganini takidlar ekan, yoshlarimiz o'rtasida taekvondo bilan shug'ullanuvchilar sonini yanada oshirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida malumot berdi va musobaqani rasman ochib berdi.

SHundan so'ng so'zga chiqqan O'zbekiston taekvondo (ITF) milliy associaciyasi prezidenti Laziz Xasanov erishilgan natijalarga to'xtalar ekan bugungi kunga kelib yurtimizda taekvondoning ushbu yo'nalishi bilan shug'ullanuvchilar soni 40 ming nafardan oshgani, joriy yilning aprel oyida o'tkazilgan Osiyo chempionatida vakillarimiz 14 ta oltin medalni qo'lga kiritishganini aytib o'tdi hamda ushbu chempionat ham kelgusidagi nufuzli musobaqalarga sportchilarni saralab olish maqsadida tashkil etilganligi malum qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing