So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

23 iyu 13:42
Yangiliklar

Tadbirlar

Poytaxtimizda "Yoshlar kuni”ga bag'ishlab sport musobaqalari o'tkazildi

Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev 2017 yilning iyun oyida poytaxtimizda o'tkazilgan O'zbekiston yoshlar ittifoqining tasis qurultoyida 30 iyunni Yoshlar kuni deb elon qilgan edi.

SHundan buyon har yili 30 iyun mamlakatimizda «Yoshlar kuni» sifatida keng nishonlanib keladi. Har bir viloyat, tuman va shaharlarda sport musobaqalari hamda ommaviy tadbirlar o'tkaziladi.

Bu yil pandemiya sababli «Yoshlar kuni»ni o'tkazish bo'yicha alohida dastur ishlab chiqilgan. Unga ko'ra shahar miqyosida onlayn shoular, onlayn koncertlar, sportchilar bilan suhbatlar uyushtirish, shuningdek, barcha tadbirlar karantin qoidalariga amal qilingan holda o'tkazilishi belgilangan.

Bugun poytaxtimizdagi «Eko park» dam olish sayilgohida 30 iyun - «Yoshlar kuni» munosabati bilan sport musobaqalari va sportchilar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Dastlab, turli sport turlari bo'yicha xalqaro maydonlarda vatanimiz bayrog'ini yuksaklarga ko'tarib kelayotgan sportchilar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda milliy gvardiya harbiylari ishtirok etib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

SHundan so'ng sport musobaqalariga start berildi. Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan bo'lib o'tgan tadbirda Toshkent shahridagi sport maktablari o'quvchilari sportning voleybol, badminton, futbol hamda stol tennisi turlari bo'yicha o'zaro bellashdi.

Qizg'in va murosasiz kechgan bahslar yakunida ishtirokchilar sport turlariga qarab jamoaviy hamda yakkalik bahslarida quyidagi o'rinlarni qo'lga kiritishdi.

FUTBOL (o'g'il bolalar)

1-o'rin - Yashnobod tumani.

2-o'rin - Olmazor tumani.

3-o'rin - Mirzo Ulug'bek tumani.

VOLEYBOL (qizlar)

1-o'rin - Mirobod tumani.

2-o'rin - CHilonzor tumani.

3-o'rin - SHayxontohur tumani.

STOL TENNISI (o'g'il bolalar va qizlar)

1-o'rin - Polegaev Vladimir (Mirobod tumani),

Polegaeva Diana (Mirobod tumani),

2-o'rin - Rustamov Maqsud (Uchtepa),

Mahmudova Robiya (Uchtepa),

3-o'rin - Mahmudov Bilol (Yashnobod tumani),

Olimxo'jaeva Zaynab (Yashnobod tumani),

BADMINTON (o'g'il bolalar va qizlar)

1-o'rin - Paminov Ivan (SHayxontohur tumani),

Qosimjonova Barno (CHilonzor tumani),

2-o'rin - Garamova Diana (Mirobod tumani),

Kuzaev Ilya (Mirobod tumani),

3-o'rin - Naskova Ekaterina (Uchtepa tumani),

SHaripov Muhammad (CHilonzor tumani).

Musobaqa yakuniga ko'ra bahslarda munosib ishtirok etganlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing