28 iyu 19:50
Yangiliklar

Prezident Qarori hamda Jahon chempionatiga tayyorgarlik masalasi muhokama qilindi
Dunyoning yuzdan ziyod davlati dzyudochilari ishtirokida o'tadigan jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etish, yurtimizga keladigan mehmonlar uchun barcha qulayliklarni muhayyo etish, ularning yaxshi taassurotlar bilan qaytishlari uchun hozirdanoq zaruriy chora-tadbirlar ko'rilmoqda.
O'zbekiston dzyudo federaciyasida o'tgan jahon chempionati ishchi guruhining navbatdagi yig'ilishida ham ushbu masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Jahon chempionati ishtirokchilari, faxriy mehmonlar, delegaciyalarni kutib olish hamda mehmonxonalarga joylashtirish, ularga yuqori servis xizmatini ko'rsatish masalalari ko'rib chiqildi. Musobaqa logosi, mehmonlarga beriladigan esdalik sovg'alari muhokama qilindi.
SHuningdek, kuni kecha elon qilingan "O'zbekistonda Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risidagi" Prezident Qarorining har bir bandi bo'yicha ham fikr almashildi, masullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Fikrlar