12 may 09:07
Yangiliklar
Boshqalar
Prezident qarori: O'zbekistonda antidoping nazorati va monitoringi raqamlashtiriladi
Prezident qaroriga ko'ra, O'zbekistonda antidoping nazorati va monitoringi raqamlashtiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamuriy islohotlar doirasida O'zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori (PQ-149-son) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi O'zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi etib qayta tashkil etildi.
Qarorda doping-test nazoratini tashkil qilish, sportchilar malumotlari kiritiladigan onlayn tizim, shuningdek, antidoping talim elektron platformasi yaratish, Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish platformasini joriy etish ko'zda tutilgan.
Havola :
Fikrlar