So’nggi yangiliklar

12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0 07:32Синдаров ва Гукеш матчида вақт назорати маълум бўлди 0 07:01"Манчестер Сити" "Ноттингем Форест"га мағлуб бўлди, Ҳусанов 90 дақиқа ўйнади + ВИДЕО 0 23:59Жавоҳир Умматалиев профессионал рингда учинчи ғалабасини қўлга киритди 0 19:50"Мен нафас ололмай қолгандим". Топурия Гэтжи билан жангда олган жароҳатларини очиқлади 0 19:19Йен Мачадо Гэрри октагонга қайтмоқда 0

28 okt 15:11
Yangiliklar

Boks/MMA

Prof boksdan qaytib, bunday chiroyli jang qilishini kutmagandim – Hasanboy Do'smatov – Saken Bibosinov to'qnashuvi haqida boksimiz yulduzlari qanday fikrda?

Hasanboy Do'smatov – Saken Bibosinov to'qnashuvi va hakamlarning qarori haqida kim qanday fikrda?

Belgradda davom etayotgan jahon chempionatidagi dunyo boks muxlislari va mutaxassislarining ko'plab bahs-munozaralariga sabab bo'lgan Hasanboy Do'smatov hamda Saken Bibosinov o'rtasidagi jang to'grisida o'zbek boksi mutaxassilarining fikrlariga qiziqdik.

Farruh Qilichev – terma jamoa murabbiyi

«Meni fikrimcha, Hasanboy jangni toza yutdi. 1-2 raundda kata ustunlik qildi. Boshqa hech qanday gap-so'z bo'lishi mumkin emas».


Fazliddin G'oibnzarov – professional bokschi

«Jangni to'liq ko'rdim . SHaxsiy fikrimcha, Hasanboy engilgani yo'q. Ozgina hakamlarning xatosi bo'ldi, deb o'ylayman. Do'smatov - tajribali, Olimpiada chempioni, hakamlar tomonidan har tomonlama bu jangga professional darajada etibor berilishi kerak edi. Avvalo, quraning o'zi xato bo'lgan. Ikkita kuchli, nomdor bokschi ilk bosqichdanoq to'qnash kelib qolgan. Hammasi yaxshilikka, shunday bo'lishi kerak ekan, bo'ldi. Hasanboy endi yana ham ko'proq mehnat qiladi, nasib qilsa. Lekin bu jangda Hasanboy mag'lub bo'lmadi».


Iqboljon Xoldarov – bokschi, terma jamoa azosi

«Nohaqlik bo'lgani yaqqol ko'rinib turibdi. Men yana nima ham derdim. 3 raund ham Hasanboy aka ustunlik qildi».


Hurshid Tojiboev – professional bokschi

«Yaxshi jang bo'ldi, albatta. Hasanboyning havaskor boksda uzoq tanaffusdan so'ng bu darajada chiroyli jang o'tkazishi juda katta yutuq. Bu jangda Hasanboy g'alaba qilgan».


Isroil Madrimov – professional bokschi

«Hasanboy aka juda chiroyli jang qildi. To'g'risini aytsam, prof boksdan qaytib bunday yuqori darajadagi jang ko'rsatadi deb o'ylamagan edim. Hasanboy aka 2-3 raundlarda ustunlik qilgandi. Lekin hakamlar hammasini boshqacha hal qildi. Meni fikrimcha, bu uchrashuvda Do'smatov g'alaba qozondi».


SARVINOZ RAXMONQULOVA tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

   
28 okt 16:42:12
SPRINTERshashist
Ютбда гап чикди. Козок Арман дикий дегани судьяларга босим килади . Шу учун куба ва узбекистон боксчилари хали Яна сюрпризлар кутяпти
   
28 okt 16:08:38
Zulmatni Tarketib
Oʻsha uchrashuvda ishlagan hakamlarga eʼtibor bering Gvatemala, Marokash,Kanada,Misr birortasi boks davlati emas.Shunday yuksak saviyadagi jangga AIBA ning munosabatiga qarang
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing